Boks/MMA

Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi muddati va raqibi maʼlum boʻldi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram Gʻiyosov (6-0, 5 KO) 23 fevral kuni (Toshkent vaqti bilan 24 fevral tongida) oʻzining 7-jangini oʻtkazadi. Bu haqda sportchining oʻzi GoSport.uz internet-nashriga maʼlum qildi.

Meksikaning Tixuana shahrida oʻtkaziladigan jangda hamyurtimizga meksikalik Edgar Puerta (25-11-1, 19 KO) raqiblik qiladi. Jang 10 raunddan iborat boʻlishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, Edgar Puerta tajribali raqib sanaladi. U 2014 yilda super yarim yengil (-58,97 kg) vazn toifasida WBC jahon chempionligi uchun yaponiyalik Takashi Miuraga qarshi ringga koʻtarilgan, biroq imkoniyatni boy bergandi. Bungacha esa u 2012 yilda ikki marta WBC Silver chempionlik kamarini himoya qilgan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq, sportchi navbatdagi jangi 9 mart kuni boʻlib oʻtishi haqida xabar bergandi. Hozircha mazkur jang oʻtkazilishi yoki oʻtkazilmasligi borasida aniq maʼlumotlar yoʻq.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid