Boks/MMA

Shahobiddin Zoirovning professional boksdagi debyut jangi muddati aniq boʻldi

Professional boksda faoliyatini boshlayotgan Shahobiddin Zoirov 5 aprel kuni ilk jangini oʻtkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, 5 aprel kuni BAAning Dubay shahrida joylashgan Kayte plyajida boʻlib oʻtadigan boks oqshomida ringga koʻtariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi maʼlum emas. Bokschi tez orada bu borada ham xabar berishini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Shahobiddin Zoirov MTK Global promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani maʼlum qilingandi. U Ispaniyada mashgʻulotlar olib borgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid