Boks/MMA

Shahram Gʻiyosov yana gʻalaba qozondi

Professional boksda bu safar yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqqan oʻzbekistonlik Shahram Gʻiyosov (7-0, 6 KO) navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Meksikaning Tixuana shahrida boʻlib oʻtgan boks kechasida ishtirok etgan Shahramga bu safar meksikalik Edgar Puerta (25-12-1, 19 KO) raqiblik qildi. 8 raundga moʻljallangan jangning beshinchi raundida Shahram Gʻiyosov tomonidan berilgan ketma-ket zarbalardan soʻng hakam jangni toʻxtatishga qaror qildi. Raqib yerga qulamagan boʻlsada, yetarlicha qarshilik koʻrsata olmayotgani bois texnik nokaut qayd etildi.

Ushbu gʻalaba Shahram uchun professional boksdagi yettinchi gʻalaba boʻldi. Gʻalabalarning oltitasida u muddatidan oldin raqiblarini taslim etishga muvaffaq boʻlgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid