Boks/MMA

Shohjahon Ergashev qiyin kechgan jangda gʻalaba qozondi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Kanzasdagi Malveyn shahrida boʻlib oʻtgan boks kechasida u amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5 KO) qarshi ringga chiqdi. 10 raund davom etgan jangda Shohjahon biroz ustunlikka ega boʻldi va bu yakunda hakamlar ochkolarida ham oʻz aksini topdi.

Uch nafar hakam bir ovozdan 96-94, 98-92, 98-92 natijalari bilan Ergashev gʻalabasini qayd etdi. Natijada Shohjahon Ergashev oʻzining professional boksdagi 16-gʻalabasini qoʻlga kiritdi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid