Boks/MMA

Shohjahon Ergashevga Menni Pakyaoning murabbiyi ustozlik qiladi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) mashhur murabbiy Freddi Rouch bilan birga ishlaydigan boʻldi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumot uchun, Freddi Rouch afsonaviy Menni Pakyaoga ustozlik qilgan. Aynan Rouch murabbiyligida Pakyao bir yoʻla toʻrta vazn toifasida jahon chempionligi kamarlarini qoʻlga kiritgan.

Eslatib oʻtamiz, Ergashevning navbatdagi jangi aprel oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Hozircha unga kim raqiblik qilishi maʼlum emas. Soʻnggi marta Shohjahon amerikalik Maykal Foksni (19-1, 5 KO) magʻlubiyatga uchratgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid