Boks/MMA

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi muddati maʼlum boʻldi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashevning (16-0, 14 KO) navbatdagi jangi muddati aniq boʻldi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, Ergashev oʻzining 17-jangini joriy yilning 13 aprel kuni oʻtkazadi. Bellashuv Nyu-Jersi shtatining Atlantik Siti shahrida joylashgan. Boardwalk Hall arenasida boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan. Kechaning asosiy jangida ayollar oʻrtasida super oʻrta vazn toifasining bir yoʻla toʻrtta kamari uchun bahs oʻtkaziladi.

Hozircha Ergashevning raqibi kim boʻlishi maʼlum emas. Sportchi tez orada bu borada ham maʼlumot berishini maʼlum qilgan. Jang 10 raundga moʻljallangan boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Shohjahon Ergashev soʻnggi marta 15 fevral kuni amerikalik Maykal Foksga (19-1, 5KO) qarshi ringga chiqqan va unda ochkolar boʻyicha gʻalaba qozongandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid