Boks/MMA

Shohjahon Ergashev yana bir “oʻtkinchi“ jangda gʻalaba qozondi

Professional boksning super yengil vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) 9 yun kuni navbatdagi jangini oʻtkazdi.

GoSport.uz internet-nashri oldinroq, Shohjahon Ergashevning oʻziga tayanib, puerto-rikalik Danielito Sorriyyaga (11-0, 9 KO) qarshi ringga chiqish haqida xabar bergandi. Keyinroq, bu maʼlumot yolgʻon boʻlib chiqdi. Bungacha esa Shohjahon Ergashev jang kechasi uchun chiqarilgan chiptalarni eng qimmatini 50 dollardan sotishga ulgurgandi.

Ammo janggga bir kun qolganda Shohjahon rossiyalik Maksim Churbanovga (8-5-1, 0 KO) qarshi ringga chiqishi maʼlum boʻldi. 6 raundga moʻljallangan jang 3 raunddan soʻng nihoyasiga yetdi. Aynan shu raunddan soʻng Churbanov jangni davom ettirishni istamadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid