Boks/MMA

Shohjahon Ergashev IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (15-0, 14 KO) 15 fevral kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi.

Shu kuni Shohjahonga amerikalik yengilmas bokschi Maykal Foks (19-0, 5KO) raqiblik qiladi. Jang AQSHning Kanzas shtatining Mulveyn shahridagi “Kanzas Star“ arenasida oʻtkaziladi.

GoSport.uz internet-nashri manbalari bergan xabarga koʻra, mazkur bellashuv super yengil vazn toifasining IBF International chempionlik kamari uchun kechadi. Jang 10 raundga moʻljallangan.

Shohjahon Ergashev IBF yoʻnalishining yanvar oyi uchun yangilangan reytingida bir pogʻona koʻtarilib, 11-oʻringa joylashgan. Foks nufuzli yoʻnalishlar reytingida qayd qilinmagan.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq, Shohjahon Ergashevdan WBA International kamari olib qoʻyilgan haqida xabar berilgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid