Boks/MMA

Shohjahon Ergashevning boʻlajak jangdagi raqibi aniq boʻldi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) 9 iyun kuni oʻzining professional boksdagi navbatdagi jangini oʻtkazadi.

GoSport.uz internet-nashri bergan xabarga koʻra, shu kuni Shohjahonga puerto-rikalik Danielito Sorriyya (11-0, 9 KO) raqiblik qiladi. “Zorro” laqabli mazkur bokschi sobiq boks yulduzi Migel Kottoga qarashli promouterlik kompaniyasi vakili sanaladi.

Jang 9 iyun kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, bunga qadar Shohjahon Ergashev soʻnggi marta fevral oyida amerikalik Maykal Foksga (20-1, 5 KO) qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobiga koʻra gʻalaba qozongandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid