Boks/MMA

Shohjahon Ergashevdan WBA kamari olib qoʻyildi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashevning (15-0-0,14 KO) WBA International kamari olib qoʻyildi. WBA chempionlik kamarlari roʻyxatida Shohjahon Ergashevning ismi chiqarib tashlangan.

Shohjahon Ergashev 2018 yilning 28 aprel kuni xitoylik Jimin Vangga qarshi jangda ochkolar boʻyicha gʻalaba qozonib, mazkur chempionlik kamarini qoʻlga kiritgandi. Shundan soʻng u 3 marotaba ringga koʻtarilgan boʻlsada, kamar himoyasi uchun jang qilmadi.

Professional boks yoʻnalishlari qoidalariga koʻra, odatda chempionlik kamarini 3 oyda bir himoya qilish mumkin. Agar 6 oygacha boʻlgan muddatda kamar himoya qilinmasa, bu oʻrin vakant sifatida qayd qilinishi va yangi jang belgilanishi mumkin boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda Shohjahon Ergashev WBA reytingida 5, IBF reytingida 12-oʻrinda bormoqda.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid