Boks/MMA

Oʻzbekistonlik yana bir bokschi chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Anvar Turopov (3-1, 2 KO) chempionlik kamari uchun ringga koʻtariladi. Bu haqda sportchining oʻzi GoSport.uz internet-nashriga xabar berdi.

Unga koʻra, Turopov 30 iyun kuni rossiyalik Aleksandr Podolskiyga (10-1, 4 KO) qarshi WBC Osiyo (Asian Boxing Council) chempionlik kamari uchun ringga koʻtariladi. Jang Tailandning Pattayya shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, Podolskiy tajribali bokschi sanaladi. U 2017 yilda super yarim oʻrta (-58,97 kg)vazn toifasida WBC Silver chempionlik kamari uchun ringga chiqqan, biroq imkoniyatni boy bergandi. Bu hozirgacha uning prof-boksdagi yagona magʻlubiyati boʻlib qolmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Anvar Turopov Vladimir Boxing promouterlik kompaniyasi bokschisi sanaladi. Qarorgohi Malayziyada joylashgan mazkur kompaniyada Oʻzbekistonning boshqa bokschilari Qudrattilo Abduqahhorov (16-0, 9 KO), Azizbek Abdugʻofurov (12-0, 4 KO), Ulugʻbek Sobirov (9-0, 5 KO) va Jasur Ahmadjonov (7-0-1, 5 KO) kabi bokschilar shugʻullanadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid