Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov faoliyatidagi eng muhim jangda ishtirok etadi

Professional boksning yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorovning (15-0, 9 KO) IBF kamariga birinchi raqamli daʼvogar boʻlish uchun kechadigan jangi bugun (Toshkent vaqti bilan 31 mart tongida) boʻlib oʻtadi.

Filadelfiya shahridagi 2300 arenasida boʻlib oʻtadigan jangda Abduqahhorovga oldin xabar berilganidek, yaponiyalik Keita Obara (20-3-1, 18 KO) raqiblik qiladi. Jang dunyoning eng mashhur promouterlik kompaniyalaridan biri Top Rank tomonidan, uning rahbari Bob Arum tomonidan tashkil qilinadi. Eslatib oʻtamiz, oldinroq, Qudrattilo Abduqahhorov mazkur promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangida ukrainalik Oleksandr Gvozdik (16-0 13 KO) yarim ogʻir vazn (-79,38 kg) toifasidagi WBC chempionlik kamari himoyasi uchun fransiyalik Dudu Ngumbuga (38-8, 14 KO) qarshi ringga chiqadi.

GoSport.uz muxbiri bergan xabarga koʻra, jang oldidan bokschilar vazn oʻlchash marosimida ishtirok etishdi. Abduqahhorov 145,8 funt (66,1 kg) tosh bosgan boʻlsa, Obraga 146,2 funt (66,3 kg) vaznda qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, Abduqahhorov-Obara juftligi gʻolib IBF reytingida birinchi oʻringa koʻtariladi va chempion bilan jang qiluvchi majburiy daʼvogarga aylanadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid