Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov IBF kamariga birinchi raqamli daʼvogarga aylandi

Professional boksning yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) IBF kamariga birinchi raqamli daʼvogar boʻlish uchun yaponiyalik Keita Obaraga (20-4-1, 18 KO) qarshi jangda gʻalaba qozondi.

Filadelfiya shahridagi 2300 arenasida boʻlib oʻtgan jang toʻliq 12 raund davom etdi va yakunda Abduqahhorovga hakamlarning barchasi gʻalabani taqdim etdi. GoSport.uz muxbiri bergan xabarga koʻra, hakamlar 118-110, 117-111, 115-113 natijalarini qayd etishgan.

Ushbu gʻalabadan soʻng Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi oʻringa koʻtariladigan boʻldi va chempion bilan jang qiluvchi majburiy daʼvogarga aylandi.

Mazkur vazn toifasida amerikalik Errol Spens (25-0, 21 KO) chempion sanaladi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid