Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov WBO yangilangan reytingida yuqoriga koʻtarildi

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) fevral oyi uchun bokschilarning yangi reytingini eʼlon qildi. GoSport.uz muxbiri bergan maʼlumotga koʻra, yangi reytingda oʻzbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov (15-0, 9 KO) oʻz mavqeini yaxshilab olgan.

Yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Abduqahhorov WBOning yangi reytingida ikki pogʻona yuqorilab, 11-oʻrindan joy oldi. Abduqahhorov sentyabr oyiga qadar mazkur reytingda aynan 11-pogʻonada borgan va keyinroq biroz pastlab, yanvar oyi reytingida 13-oʻrinda qayd qilingandi.

Mazkur reytingda oʻzbekistonlik boshqa sportchilar qayd etilmagan. Maʼlumot uchun, Qudratillo WBC reytingida 5, IBF reytingida esa 4-oʻrinda bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, Abduqahhorov 30 mart kuni yaponiyalik Keita Obaraga (20-3-1, 18 KO) qarshi IBF chempionlik kamariga birinchi raqamli daʼvogar boʻlish uchun ringga chiqadi. Obara reytingda 15-oʻrinni egallab turibdi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid