Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorovning boʻlajak raqibi aniqlangan yilning eng asosiy jangi boʻlib oʻtdi

Professional boksning yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasining IBF yoʻnalishi chempioni, amerikalik Errol Spens (25-0, 21 KO) asli meksikalik boʻlgan, toʻrtta vazn toifasi sobiq chempioni Mayki Garsiyaga (39-1, 30 KO) qarshi ringga koʻtarildi.

Mayki bu jangda ishtirok etish uchun bir yoʻla ikkita vazn toifasiga koʻtarilishiga toʻgʻri keldi. Ammo bu tavakkal oʻzini oqlamadi. Bungacha yarim yengil (57,15 kg), super yarim yengil (58,97 kg) yengil (61,23 kg) va super yengil (63,5 kg) vazn toifalarida chempionlikni qoʻlga kiritgan sportchi bu safar salkam 5 kg ortiqcha vazn toʻplashiga toʻgʻri keldi.

Jangning dastlabki raundlaridan, oxiriga qadar Errol Spens yaqqol ustunlik qildi. Boʻy va qoʻllarining uzunligidan unumli foydalangan amerikalik sportchi yakunda hakamlarning bir ovozdan (120-108, 120-108, 120-107) bergan ovoziga koʻra gʻalaba qozondi.

Elatib oʻtamiz, mazkur vaznda ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov (15-0, 9 KO) 30 mart kuni aynan Spens chempion boʻlib turgan IBF yoʻnalishida birinchi raqamli, majburiy daʼvogar boʻlish uchun ringga chiqadi. Agar u gʻalaba qozonadigan boʻlsa, aynan Errol Spensga qarshi ringga koʻtarilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid