Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jang sanasi va joyi tasdiqlandi

Professional boksning yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorovning IBF kamariga birinchi raqamli daʼvogar boʻlish uchun kechadigan jangi muddati va joyi rasman tasdiqlandi. Bu haqda GoSport.uz muxbiri xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, 30 mart kuni boʻlib oʻtadigan jang Filadelfiya shahridagi 2300 arenasida boʻlib oʻtadi. Abduqahhorovga oldin xabar berilganidek, yaponiyalik Keita Obara (20-3-1, 18 KO) raqiblik qiladi. Jang dunyoning eng mashhur promouterlik kompaniyalaridan biri Top Rank tomonidan, uning rahbari Bob Arum tomonidan tashkil qilinadi. Eslatib oʻtamiz, oldinroq, Qudrattilo Abduqahhorov mazkur promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangida ukrainalik Oleksandr Gvozdik (16-0 13 KO) yarim ogʻir vazn (-79,38 kg) toifasidagi WBC chempionlik kamari himoyasi uchun fransiyalik Dudu Ngumbuga (38-8, 14 KO) qarshi ringga chiqadi.

Eslatib oʻtamiz, Abduqahhorov-Obara juftligi gʻolib IBF reytingida birinchi oʻringa koʻtariladi va chempion bilan jang qiluvchi majburiy daʼvogarga aylanadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid