Boks/MMA

Oʻzbekiston xalqaro musobaqani uchta oltin medal bilan yakunladi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks boʻyicha xalqaro ”Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turniri nihoyasiga yetdi. Bugun oʻtkazilgan final janglarida oʻzbekistonlik uch nafar bokschi gʻalaba qozonib oltin medallarga ega chiqdi.

-69 kg vazn toifasida Iqboljon Xoldorov, +91 kg vaznda Obidjon Tohirov qozogʻistonlik raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, -91 kg Madiyar Saidrahimov ozarboyjonlik bokschidan ustun keldi. Yana ikki bokschi finalda imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Quyida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarining final janglari bilan toʻliq tanishib olishingiz mumkin:

-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Shalkar Ayxinbay (Qozogʻiston) 2:3
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Muhammad Hamut (Marokash) 0:5
-69 kg: Iqboljon Xoldorov – Mavlon Oskenbek (Qozogʻiston) 5:0
-91 kg: Madiyar Saidrahimov – Rahil Mammadali (Ozarbayjon) 5:0
+91 kg: Obidjon Tohirov – Danila Semenov (Qozogʻiston) 5:0

Bundan tashqari Jasurbek Latipov, Hasanboy Doʻsmatov hamda Xurshid Abdullayev bronza medaliga chiqqandi. Shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqani 3ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medali bilan yakunlandi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq, oʻzbekistonlik bokschi mazkur musobaqa davomida ogʻir jarohati sabab ”Tez yordam” orqali shifoxonaga yotqizilgani xabar berilgandi.

Umumjamoa hisobida Oʻzbekiston terma jamoasi mezbonlar, Ozarboyjon terma jamoasidan soʻng ikkinchi oʻrinni egalladi. Qozogʻiston terma jamoasi bu borada uchinchi pogʻonani band etdi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid