Boks/MMA

“Uzbek Tigers” jamoasi tarqatib yuborildi

Butunjahon boks seriyalari WSB musobaqalarida ishtirok etib kelgan Oʻzbekistonning “Uzbek Tigers” jamoasi faoliyatini toʻxtatdi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, yangi mavsumda Oʻzbekiston boks federatsiyasi WSB musobaqalarida ishtirok etuvchi jamoani moliyalashtirishni toʻxtatishga qaror qilgan. Bunda havaskor boks boʻyicha terma jamoaning boshqa musobaqalarda ishtirok etishi sabab sifatida koʻrsatilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil boshida ham “Uzbek Tigers” jamoasining tugatilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq keyinchalik bu xabarlar inkor etilgan va jamoa musobaqada ishtirok etgandi.

2 fevral kuni boks federatsiyasi rahbari sifatida ishlab kelgan Sherzod Toshmatov isteʼfoga chiqqan va uning oʻrniga Saken Poʻlatov vitse-prezidentlik lavozimini egallagandi.

Maʼlumot uchun, “Uzbek Tigers” jamoasi 2016 yildan buyon WSB musobaqalarida ishtirok etib keladi. Jamoa birinchi mavsumdagi ishtirokidayoq musobaqaning yarim finaliga qadar yetib borgan va bronza medallari bilan taqdirlangandi. 2017 yilgi mavsumda jamoa chorak finalga qadar yetib borgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid