Boks/MMA

WBC yangi reytingida Azizbek Abdugʻofurov koʻtarildi, Shahram Gʻiyosov va Murodjon Ahmadaliyev ilk marta reytingdan joy oldi

Professional boksning nufuzli yoʻnalishi sanalgan WBC aperl oyi uchun yangi reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, oʻzbekistonlik toʻrt nafar bokschi mazkur reytingdan oʻrin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Super oʻrta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga koʻtarilayotgan oʻzbekistonlik Azizbek Abdugʻofurov (12-0, 4 KO) yangi reytingda bir oy oldingi pogʻonasidan bitta oʻrin yuqorilab, 4-pogʻonaga joylashgan. WBC Silver kamari sohibi boʻlgan Azizbek yaqin vaqtlar ichida kamarini himoya qilishi shart boʻladi.

Yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) esa reytingda bir oy oldingi oʻrni — 4 oʻrnini saqlab. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 9-oʻrinlarni egallab turibdi.

WBC reytingidan ilk marta yana ikki nafar oʻzbekistonlik bokschi joy oldi. Ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO) mazkur reytingda 22-oʻrinda qayd qilingan boʻlsa, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili Shahram Gʻiyosov (8-0, 6 KO) 34-pogʻonadan joy olgan. Ahmadaliyev ayni vaqtda WBA yoʻnalishi reytingida 2-oʻrinni egallab turgan boʻlsa, Shahram Gʻiyosov oʻz vaznida 14-pogʻonadan joy olgan.

WBC yoʻnalishi boʻyicha reytingda oʻzbekistonlik boshqa bokschilar oʻrin olishmagan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid