
Professional boksning nufuzli yoʻnalishi sanalgan WBC yanvar oyi uchun yangi reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, oʻzbekistonlik ikki nafar bokschi mazkur reytingdan oʻrin egalladi.
Super oʻrta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga koʻtarilayotgan oʻzbekistonlik Azizbek Abdugʻofurov (12-0, 4 KO) yangi reytingda bir pogʻona koʻtarilib, 6-oʻringa joylashdi. WBC Silver kamari sohibi boʻlgan Azizbek bir oy muqaddam reytingda 7-pogʻonani band etib turgandi.
Yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov esa reytingda bir oy oldingi oʻrni — 5 oʻrinni saqlab qolgan. Ayni vaqtda u IBF reytingida 4, WBO reytingida esa 13-oʻrinlarni egallab turibdi.
WBC yoʻnalishi boʻyicha reytingda oʻzbekistonlik boshqa sportchilar oʻrin olishmagan.

Dolzarb xabarlar
-
PFL direktori ishdan ketganini tasdiqladi va hammadan uzr soʻradi
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon Gʻofurov boshqa ishga oʻtayotganligi munosabati bilan ishdan boʻshash...
By okya -
Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylanadi
FIFA referisi Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz ishonchli...
By okya -
Muxlislar nega aldandi? Shohjahon Ergashevning profi-boksdagi gʻalati qadamlari haqida
Oldinga oʻtib bir narsani aytib oʻtay bu maqolani yozishdan koʻra, yozmaslikka koʻproq harakat qilgandim....
By okya