Boks/MMA

WBC yangilangan reytingida oʻzbekistonlik bokschilarning egallab turgan oʻrinlari maʼlum boʻldi

Butunjahon boks kengashi (WBC) may oyi uchun professional bokschilarning yangi reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, oʻzbekistonlik toʻrt nafar bokschi mazkur reytingdan oʻrin egalladi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Super oʻrta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga koʻtarilayotgan oʻzbekistonlik Azizbek Abdugʻofurov (12-0, 4 KO) yangi reytingda bir oy oldingi pogʻonasini saqlab qolgan va 4-pogʻonaga joylashgan. WBC Silver kamari sohibi boʻlgan Azizbek yaqin vaqtlar ichida kamarini himoya qilishi shart boʻladi.

Yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) ham reytingda bir oy oldingi oʻrni — 4 oʻrnini saqlab. Ayni vaqtda u IBF reytingida birinchi, WBO reytingida esa 9-oʻrinlarni egallab turibdi.

Reytingning xalqaro miqyosida tan olingan Top-15 ligida boshqa oʻzbekistonlik bokschilar joy olmagan. Ammo WBC boshqa reytinglardan farqli ravishda 40 kishidan iborat reytingni tuzib chiqadi. Mazkur kengaytirilgan reytingda uch nafar oʻzbek bokschisi eʼtirof etilgan.

WBC kengaytirilgan reytingidan ilk marta yana bir nafar oʻzbekistonlik bokschi joy oldi. Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (16-0, 14 KO) 31-oʻrinda qayd qilingan. Oʻtgan oyda reytingda boʻlgan ikki bokschi, ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (6-0, 5 KO) mazkur reytingda 24-oʻrinda qayd qilingan boʻlsa, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili Shahram Gʻiyosov (8-0, 6 KO) 35-pogʻonadan joy olgan. Ahmadaliyev ayni vaqtda WBA yoʻnalishi reytingida 2-oʻrinni egallab turgan boʻlsa, Shahram Gʻiyosov oʻz vaznida 13-pogʻonadan joy olgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid