Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov WBO yangilangan reytingida mavqeini saqlab qoldi

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) may oyi uchun bokschilarning yangi reytingini eʼlon qildi. GoSport.uz muxbiri bergan maʼlumotga koʻra, yangi reytingda oʻzbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) oʻz mavqeini saqlab qolgan.

Yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Abduqahhorov WBOning yangi reytingida aprelda boʻlgani kabi 9-oʻrindan joy oldi. Abduqahhorov aprel oyida mazkur reytingda 9-oʻringa koʻtarilgandi.

Mazkur reytingda oʻzbekistonlik boshqa sportchilar qayd etilmagan.

Maʼlumot uchun, Qudratillo WBC reytingida 4, IBF reytingida esa 1-oʻrinda bormoqda. Soʻnggi marta Qudratillo yaponiyalik Keita Obarani (20-4-1, 18 KO) ochkolar hisobida magʻlubiyatga uchratib IBF chempionlik kamariga birinchi raqamli daʼvogarga aylangandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid