Boks/MMA

Oʻzbekistonlik MMA ustasi nufuzli turnir jangida gʻalaba qozondi

Aralash qoidalar (MMA) jangi boʻyicha birinchi yarim yengil (-61,2 kg) vazn toifasida oktagonga chiqadigan oʻzbekistonlik Zarruh Adashev (2-1, 1 KO) Bellator 215 turniri doirasida navbatdagi jangini oʻtkazdi.

AQSHning Konnektikut shtati, Ankasvill shahrida boʻlib oʻtgan mazkur bahsda oʻzbekistonlik sportchiga braziliyalik Roni Arana Leon (0-2) raqiblik qildi. Jang toʻliq uch raund davom etdi. Zarruh bahsda tashabbusga ega boʻldi va yakunda ochkolar hisobiga gʻalabaga erishdi.

Eslatib oʻtamiz, 26 yoshli Zarruh Adashev uchun bu Bellator musobaqalaridagi uchinchi jang boʻldi. Dastlabki jangida u imkoniyatni boy bergan boʻlsa, bugungisi bilan qoʻshib hisoblaganda soʻnggi ikki jangda gʻalaba qozondi. Ayni vaqtda u AQSHning Bruklin shahrida mashgʻulotlar olib boradi. Bungacha u kikboksing boʻyicha musobaqalarda ishtirok etib kelgan.

Maʼlumot uchun, Bellator turniriga 2008 yilda asos solingan boʻlib, u MMA musobaqalari ichida nufuzi jihatdan UFC dan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Adashev ishtirok etayotgan vazn toifasida amerikalik Derrion Kolduell turnir chempioni sanaladi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid