
Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Abdurasul Ismoilov (4-0, 3 KO) navbatdagi jangini 17 aprel kuni oʻtkazadi.
Ismoilovga shu kuni rossiyalik Aleksandr Golubkov (4-2-1, 2 KO) raqiblik qiladi. Mazkur boks oqshomi alohida ahamiyatga ega boʻladi. GoSport.uz internet-nashri manbalari bergan xabarga koʻra, mazkur boks oqshomi kemada yaʼni ochiq dengizda boʻlib oʻtadi. Jang kuniga qadar Janubiy Koreyadan yoʻlga chiqqan kema Yaponiyaning ikki shahri va Rossiyaning Vladivostok shahrida ham toʻxtab oʻtadi. Boks oqshomi esa Yaponiya hududidagi ochiq dengizda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreyaning “COCKY BUFFALLO” promouterlik kompaniyasi tarkibida mashgʻulotlar olib bormoqda. Soʻnggi marta u 17 mart kuni janubiy koreyalik Yong Min Kimni (5-3-1, 1 KO) 8 raundlik jangda ochkolar hisobiga koʻra, magʻlubiyatga uchratgandi.

Dolzarb xabarlar
-
PFL direktori ishdan ketganini tasdiqladi va hammadan uzr soʻradi
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi direktori Omon Gʻofurov boshqa ishga oʻtayotganligi munosabati bilan ishdan boʻshash...
By okya -
Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylanadi
FIFA referisi Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz ishonchli...
By okya -
Muxlislar nega aldandi? Shohjahon Ergashevning profi-boksdagi gʻalati qadamlari haqida
Oldinga oʻtib bir narsani aytib oʻtay bu maqolani yozishdan koʻra, yozmaslikka koʻproq harakat qilgandim....
By okya