Boks/MMA

Oʻzbekiston boks terma jamoasi Bolgariyadagi xalqaro turnirida 5 ta medalga ega boʻldi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks boʻyicha nufuzli “Strandja” 70-xalqaro turnirida beshta medalga ega chiqdi. Bu haqda GoSport.uz muxbiri xabar bermoqda.

Musobaqada 8ta vazn toifasida 9 nafar sportchi bilan ishtirok etgan terma jamoa yakunda 2ta oltin, 2ta kumush va 1ta bronza medallariga ega chiqdi. -56 kg vaznda Miraziz Mirzahalilov, -69 kg vaznda Bobo Usmon Baturov oltin medallarini qoʻlga kiritgan boʻlsa, -52 kg vaznda Xudoynazar Fayzov, -56 kg vaznda Abdulhay Shorahmatov kumush medal bilan kifoyalandi. Shuningdek, -60 kg vaznda Shunqor Abdurasulov bronza medaliga ega chiqdi.

– 64 kg vaznda Aliyor Noraliyev, -75 kg vaznda Fanat Qahramonov, -81 kg vaznda Xurshid Abdullayev va -91 kg vaznda Sanjar Tursunov dastlabki bosqichlardayoq magʻlubiyatga uchrab, musobaqadan quruq qoʻl bilan qaytadigan boʻlishdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi turnirda medallar jamgʻarish boʻyicha umumjamoa hisobida (ayollar oʻrtasidagi musobaqa ham qoʻshilgan. Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi ishtirok etmagan — GoSport) beshinchi, medallar sifati boʻyicha esa 3-oʻrinni oʻrinni egallashdi. Bu borada Rossiya (5 ta oltin, 4 ta bronza), AQSH (2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 bronza) va Hindiston (3 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza) terma jamoalari kuchli uchlikni tashkil etib berishdi. Mezbon Bolgariya terma jamoasi esa (2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza) toʻrtinchi pogʻonadan joy oldi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid