
Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida faoliyat koʻrsatadigan oʻzbekistonlik bokschi Ravshanbek Umurzoqov (7-0, 6 KO) navbatdagi jangida ham gʻalaba qozondi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar berdi.
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan boks kechasida Umurzoqovga bu safar fillipinlik Rimar Metuda (12-5-1, 7 KO) raqiblik qildi. 8 raundga moʻljallangan jang 4 raund davom etdi.
Toʻrtinchi raundning 1:16 daqiqasi ortda qolganda Umurzoqovning ketma-ket zarbalari nihoyat natija berdi. Aynan shu daqiqada Ravshanbekning chap qoʻlda raqibning jigar qismiga bergan zarbasidan soʻng Metuda yerga quladi va hakamning 10 soniyalik sanogʻidan soʻng ham oʻrnidan tura olmadi. Natijada hakam nokautni qayd etdi.
Ushbu gʻalabadan soʻng Ravshanbek muddatidan oldin gʻalabalari sonini 6taga yetkazib oldi. Bundan oldin u 2018 yilning 10 noyabr kuni Kelli Figeroani 6 raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgandi.

Dolzarb xabarlar
-
Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylanadi
FIFA referisi Ravshan Ermatov OʻFA birinchi vitse-prezidenti lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda GoSport.uz ishonchli...
By okya -
Muxlislar nega aldandi? Shohjahon Ergashevning profi-boksdagi gʻalati qadamlari haqida
Oldinga oʻtib bir narsani aytib oʻtay bu maqolani yozishdan koʻra, yozmaslikka koʻproq harakat qilgandim....
By okya -
IBF yangilangan reytingida oʻzbekistonlik bokschilarning oʻrinlari maʼlum boʻldi
Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) professional bokschilarning may oyi uchun yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu...
By okya