Boks/MMA

Oʻzbekistonlik ikki nafar bokschi qizlar ham Osiyo chempionati medallarini naqd qildi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Ayollar oʻrtasidagi musobaqalarda ham oʻzbekistonlik ikki nafar sportchi medallarni naqd qilib qoʻydi.

-57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Yodgoroy Mirzayeva chorak finalda tojikistonlik Mijgona Samadova qarshi ringga koʻtarildi. Jangda tashabbusga ega boʻlgan bokschi raqibini ochkolar hisobiga koʻra magʻlub etib, yarim finalga yoʻl oldi.

-69 kg vaznda ringga chiqayotgan -69 kg: Shahnoza Yunusova esa yaponiyalik Makoto Kikuchiga qarshi ringga chiqdi va raqibini ochkolar hisobiga koʻra, magʻlubiyatga uchratib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Bu ikki sportchi yarim final yoʻllanmasi orqali kamida bronza medallarini naqd qildi.

-81 kg vaznda ishtirok etgan Eʼzoza Meliyeva esa xitoylik Li Na Vangga yutqazib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq ikki nafar bokschi yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi.

Bugun yana uch nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga chiqadi.

Kechki dasturdan oʻrin olgan (kechki dastur 16:00 da boshlanadi) janglar quyidagicha

-52 kg: Hasanboy Doʻsmatov – Amit Pangal (Hindiston)

-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Muhammad Alkasbex (Iordaniya)

-81 kg: Dilshodbek Roʻzmatov – Bek Nurmaganbet (Qozogʻiston)

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid