Boks/MMA

Oʻzbekistonlik ikki bokschi Osiyo chempionati medallarini naqd qildi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun boʻlib oʻtayotgan bahslarda ham oʻzbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli boshlashdi.

– 49 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Nodirjon Mirzaahmedov chorak finalda laoslik Xampxouvan Xamsatonega qarshi ringga koʻtarildi. Jangda tashabbusga ega boʻlgan bokschi raqibini ochkolar hisobiga koʻra magʻlub etib, yarim finalga yoʻl oldi.

– 56 kg vaznda ringga chiqayotgan Mirazizbek Mirzahalilov esa mezbon sportchi tailandlik Chatchai Budtega qarshi ringga chiqdi va raqibini ochkolar hisobiga koʻra, magʻlubiyatga uchratib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Bu ikki sportchi yarim final yoʻllanmasi orqali kamida bronza medallarini naqd qildi.

Bugun, shuningdek, yana olti nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga chiqadi.

Kunduzgi dastur:

-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva – Mijgona Samadova (Tojikiston)
-69 kg: Shaxnoza Yunusova – Makoto Kikuchi (Yaponiya)
-81 kg: Eʼzoza Meliyeva – Lina Vang (Xitoy)

Kechki dastur, 16:00 dan soʻng:

-52 kg: Hasanboy Doʻsmatov – Amit Pangal
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Muhammad Alkasbex (Iordaniya)
-81 kg: Dilshodbek Roʻzmatov – Bek Nurmaganbet (Qozogʻiston)

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid