Boks/MMA

Oʻzbekistonlik yana bir yengilmas bokschi navbatdagi jangini oʻtkazadi

Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan oʻzbekistonlik Ravshanbek Umurzoqov (6-0, 5 KO) oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Umurzoqov oʻzining professional ringdagi yettinchi jangida filippinlik Rimar Metudaga (12-4-1, 7 KO) qarshi jang olib boradi. Mazkur toʻqnashuv 22 fevral kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan “Urales” koʻngilochar madaniyat saroyida boʻlib oʻtadi.

Jang 8 raunddan iborat boʻlishi rejalashtirilgan. Mazkur boks kechasida bir qator oʻzbekistonlik bokschilar ham ringga chiqishi kutilmoqda.

Ravshanbek Umurzoqov soʻnggi marta 10 noyabr kuni venesuelalik Kelli Figeroani 6 raundda texnik nokaut evaziga magʻlubiyatga uchratgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid