Boks/MMA

Oʻzbekistonlik yana bir olimpiada chempioni professional boksga oʻtmoqda

Boks boʻyicha Rio olimpiadasi chempioni (-52 kg) Shahobiddin Zoirov faoliyatini professional boksda davom ettiradi. Bu haqda Go Sport manbalari xabar tarqatdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Zoirov Ispaniyaning mashhur promouterlik kompaniyalaridan biri boʻlgan MTK Global bilan kelishuvga erishgan. Hozircha shartnoma shartlari maʼlum emas.

Zoirovdan tashqari Rio olimpiadasining yana bir ishtirokchisi Xurshid Tojiboyev (-60 kg) ham mazkur promouterlik kompaniyasi bilan muzokara olib bormoqda. Hozircha shartnoma imzolanishi borasida aniq maʼlumotlar yoʻq.

Shahobiddin Zoirovning professional boksdagi faoliyatini boshlashi uchun Ispaniyada ishlash huquqini beruvchi vizaga ega boʻlishi lozim boʻladi. Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiruvchi davlatga ishchi vizasini olish esa maʼlum vaqt talab qiladi. Zoirov mazkur vizaga ega boʻlgach, Ispaniyaga joʻnab ketishi kutilmoqda.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid