Boks/MMA

Oʻzbekistonlik yana ikki bokschi magʻlubiyatga uchradi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo chempionatining 4 kuni kechki dasturidan oʻrin olgan janglar oʻzbekistonlik sportchilar uchun oʻta muvaffaqiyatsiz kechdi.

Avvaliga Hasanboy Doʻsmatov -52kg vaznda azaliy raqibi hindistonlik Amitga imkoniyatni boy berib qoʻygan boʻlsa, oradan koʻp oʻtmay -64 kg vaznda Shunqor Abdurasulov muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Iordaniyalik Muhammad Alkasbexga qarshi ringga chiqqan Shunqor hakamlarning turlicha qarorlari bilan ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.

-81 kg vaznda esa Dilshodbek Roʻzmetov vaznning favorit bokschisi qozogʻistonlik Bek Nurmaganbetga qarshi jangda xuddi Shunqor kabi hakamlarning turlicha qaroriga koʻra, imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan erta xayrlashdi.

Eslatib oʻtamiz, bugun boʻlib oʻtgan bahslarda oʻzbekistonlik toʻrt nafar bokschi yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. -49 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Nodirjon Mirzaahmedov, -56 kg vaznda Mirazizbek Mirzahalilov, ayollar oʻrtasida -57 kg vaznda Yodgoroy Mirzayeva va -69 kg vaznda Shahnoza Yunusova hozirdanoq medallarni naqd qilib qoʻyishdi.

Ertaga Oʻzbekiston terma jamoasining qolgan bokschilari, jumladan 5 nafar erkak bokschilar yarim final yoʻllanmasi uchun jang qilishadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid