Futbol

2019 yildagi ilk “El-klasiko“da gʻolib aniqlanmadi

Ispaniya kubogining yarim final dastlabki uchrashuvlari doirasida Ispaniyaning ikki yetakchi jamoasi “Barselona” va “Real” jamoalari oʻzaro toʻqnash keldi.

Kataloniyada boʻlib oʻtgan uchrashuvda avvaliga mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Lukas Vaskes 6-daqiqada “Barselona” darvozasini ishgʻol qilgan boʻlsa, ikkinchi boʻlimda Malkom javob golini kiritdi.

Oʻyinning qolgan daqiqalarida ikkala jamoa ham boshqa gol kirita olishmadi. Final yoʻllanmasi javob uchrashuvida hal qilinadigan boʻldi.

Ispaniya Kubogi, 1/2 final
dastlabki uchrashuv

Barselona – Real Madrid 1:1 (0:1)
Gollar: Malkom (57) – Vaskes (6).

Barselona: ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Langle, Artur, Buskets, Koutino (Messi, 63), Rakitich (Vidal, 63), Malkom (Alenya, 76), Suares.
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Lorente (Kazemiro, 63), Vaskes (Asensio, 84), Modrich, Vinisius Junior (Beyl, 64), Benzema.

Ogohlantirishlar: Ramos (10), Nelson Semedu (43), Suares (56), Marselo (57), Alba (58), Vidal (88).

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid