Futbol

4 kunda 2ta “El-klasiko”! Ispaniya kubogi 1/2 finalida “Real” va “Barselona” oʻzaro toʻqnash keladi

Ispaniya kubogining yari final bosqichiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda qirollik federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Unga koʻra, final yoʻllanmasi uchun ikki favorit “Barselona” va “Real” oʻzaro hisob-kitob qiladigan boʻldi. Ikkinchi yarim finalda “Valensiya” “Betis”ga qarshi maydonga tushadi.

Yarim finalning dastlabki uchrashuvlari 6 fevral kuni boʻlib oʻtadi. Javob uchrashuvlari 27 fevralga belgilangan.

Natijada Ispaniyada muxlislar toʻrt kun ichida ikkita “El-klasiko”ni kuzatish imkoniyatiga ega boʻlishadi. 27 fevral kubok bahslari oʻtkazilsa, 2 mart kuni Ispaniya La-ligasining 26-turidan oʻrin olgan uchrashuvda tomonlar yana roʻbaroʻ kelishadi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid