Futbol

OKMK irodali gʻalaba evaziga OCHLning keyingi bosqichiga chiqdi

Osiyo Chempionlar Ligasida 2-bosqich saralash oʻyinlaridan birida Olmaliqning OKMK jamoasi Tojikistonning “Istiqlol” jamoasini qabul qildi. Mezbonlar ikki marta hisobda orqada borishiga qaramay, yakunda 4:2 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq mehmonlar Rahimovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi. 25-daqiqada Dilshod Joʻrayev farqni yoʻqqa chiqardi. 62-daqiqada Jalil Kimsanov boshi bilan OKMK darvozasini ishgʻol qilib, yana “Istiqlol”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan soʻng, mezbonlar 10 daqiqa ichida uch marta raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻlishdi. Sanʼat Shixov, Jasur Hakimov va Zafar Polvonov gollari OKMK irodali gʻalabani taqdim etdi.

Endi OKMK OCHL saralashining pley-off bosqichida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi bilan oʻynaydi. Bellashuv 19 fevral kuni safarda oʻtkaziladi. Gʻolib jamoa OCHL guruh bosqichiga yoʻl oladi.

OCHL-2019, 2-saralash bosqichi

OKMK – “Istiqlol” 4:2 (1:1)

Gollar: Joʻrayev (25), Shixov (72), Hakimov (78), Polvonov (82) – Rahimov (2), Kimsanov (62).

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid