Futbol

“Manchester Siti” tarixiy natija qayd etdi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi mamlakat kubogida finalida “Uotford”ga qarshi maydonga tushdi. Manchesterliklarning toʻliq ustunligi ostida oʻtgan oʻyinda yirik hisob qayd etildi.

Birinchi boʻlimda avvaliga David Silva hisobni ochgan boʻlsa, keyin Rahim Sterling farqni yirik koʻrinishga olib keldi. Ikkinchi boʻlimda esa “Manchester Siti” toʻliq ustunlikka ega boʻldi.

Avvaliga Kevin de Bryuyne farqni yirik koʻrinishga olib kelgan boʻlsa, keyin Gabriel Jezus va ikki mart Rahim Sterling tomonidan kiritilgan gollar farqni 6:0 koʻrinishiga olib keldi va “Manchester Siti” Angliyadagi barcha musobaqada gʻalabani qoʻlga kiritdi. Bu jamoaning Angliya kubogidagi 6-gʻalabasi boʻldi.

Shu paytgacha hech bir jamoa bu natijani qaytara olmagandi. “Manchester Siti” bu orqali yangi tarix yaratdi. Shuningdek, jamoa finalda 6:0 hisobida gʻalaba qozonib, Angliya kubogi finallari tarixidagi eng yirik gʻalabani qayd etdi. Rahim Sterling esa finalda het-trikka erishib, bu borada ham tarixiy natija qayd etdi.

Bundan tashqari “Manchester Siti” bir mavsumda barcha musobaqalarni qoʻshib hisoblaganda 50ta uchrashuvni yutgan ilk Angliya jamoasiga aylandi.

Angliya kubogi
Final

Manchester Siti – Uotford 6:0 (2:0)
Gollar: Silva (26), Sterling (38, 81, 87) de Bryuyne (61), Gabriel Jezus (68).
Manchester Siti: Ederson, Laport, Kompani, Uoker, Zinchenko, Silva (Stounz, 79), Gyundogan (Sane, 73), Marez (de Bryuyne, 55), Bernardu Silva, Sterling, Gabriel Jezus.
Uotford: Gomes, Mariappa, Xolebas, Femeniya, Ketkart, Dukure, Kapu, Pereyra (Saksess, 66), Xyuz (Kleverli, 73), Deulofeu (Grey, 66), Dini.
Ogohlantirishlar: Dukure (22), Silva (60), Femeniya (80).

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid