Futbol

“Barselona” “Real”ni yirik hisobda yengib, Ispaniya kubogi finaliga yoʻllanma oldi

Ispaniya qiroli kubogi yarim finalidan oʻrin olgan uchrashuvda Madridning “Real” klubi “Barselona”ni qabul qildi. Kataloniyada boʻlib oʻtgan dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobida durang qayd etilgandi.

Javob uchrashuvida barcha gollar ikkinchi boʻlimda kiritildi. Avvaliga Suares Usmon Dembele yetkazib bergan toʻpni Navas darvozasiga yoʻllab hisobni ochgan boʻlsa, keyinroq Dembele uzatgan toʻpni Varan oʻz darvozasiga toʻgʻirlab qoʻydi. Toʻrt daqiqa oʻtib, Luis Suares oʻziga nisbatan ishlatilgan qoʻpollikdan soʻng belgilangan penaltini aniq amalga oshirib hisobni yirik koʻrinishga olib keldi.

Ushbu gʻalaba evaziga kataloniyaliklar Ispaniya kubogi finaliga yoʻllanma oldi. Ikkinchi yarim final uchrashuvi ertaga boʻlib oʻtadi. Unda “Valensiya” “Betis”ga qarshi maydonga tushadi. Bu toʻqnashuvning birinchisida 2:2 hisobida durang qayd etilgan.

Ispaniya kubogi
1/2 final

Javob uchrashuvi

Real Madrid – Barselona 0:3 (0:0)
Gollar: Suares (50, 73, penalti), Varan (69, avtogol).
Real Madrid: Navas, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro (Valverde, 75), Vaskes (Beyl, 68), Kroos, Vinisius Junior (Asensio, 81), Benzema.
Barselona: ter Stegen, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Artur, 86), Dembele (Koutino, 75), Nelson Semedu, Messi, Suares (Vidal, 78).
Ogohlantirishlar: Vaskes (58), Buskets (65), Kazemiro (72), Nelson Semedu (81).
Dastlabki uchrashuv: 1:1.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid