Futbol

Braziliyada yongʻin natijasida 10 nafar yosh futbolchi halok boʻldi

8 fevral kuni Braziliyaning “Flamengo” klubining mashgʻulotlar markazida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Globo Esporte nashri xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, yongʻin 8 fevral tongida taxminan soat 5:10da (mahalliy vaqt bilan) boshlanib, soat 7:20da oʻchirildi. Yongʻin kelib chiqish sabablari oʻrganib chiqilmoqda.

Ushbu ofat natijasida qarorgohda boʻlgan 10 nafar yosh futbolchilar halok boʻlgan va yana uch nafar odam turli xil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Manbaga koʻra, klub qarorgohida 14 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmir futbolchilar boʻlishgan. Mahalliy futbolchilar uylariga ketishgan shahar tashqarisida yashaydigan futbolchilar esa bazada tunab qolishga qaror qilishgan.

Yongʻinda halok boʻlgan futbolchilar

Ayni vaqtda “Real“da oʻynayotgan vinger Vinisius Junior aynan “Flamengo“ klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Vinisius “tvitter“dagi sahifasi orqali halok boʻlganlarning oilasiga hamdardlik bildirgan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid