Futbol

“Bunyodkor” “Paxtakor”da oʻynaydi

Toshkentning “Bunyodkor” klubi oʻz uchrashuvlarini poytaxtning boshqa bir jamoasi “Paxtakor” stadionida oʻtkazadi. Bu haqda GoSport.uz manbalari xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, “qaldirgʻochlar” 2019 yilgi mavsumda oʻz uchrashuvlarini “Paxtakor” stadionida oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishgan. Bundan tashqari jamoa Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti (TTYMI) oʻyingohidan ham foydalanadi.

Eslatib oʻtamiz, sobiq “Bunyodkor”, endilikda “Milliy” nomini olgan stadion chimi nomaʼlum sabablar tufayli koʻchirib tashlangandi. Ayni vaqtda bu yerga yangi chim parvarishlash ishlari olib borilmoqda.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid