Futbol

“Chelsi” Yevropa ligasi bosh sovrinini qoʻlga kiritdi

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Yevropa ligasining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Angliyaning ikki jamoasi oʻzaro hisob-kitob qilib olishdi.

London derbisiga aylanib ketgan finalda “Chelsi” yirik hisobda gʻalaba qozondi va musobaqa gʻolibiga aylandi. Qayd etish joizki, jamoa 20 dan sal koʻproq vaqt davomida “Arsenal” darvozasiga toʻrtta gol kiritishga muvaffaq boʻlishdi.

Bu natijaga “Chelsi” yevrokuboklarda birorta ham uchrashuvda magʻlub boʻlmagan holda erishdi va bunday natija qayd etgan ilk jamoaga aylandi.

Yevropa ligasi, final

Chelsi – Arsenal 4:1 (0:0)
Gol: Jiru (49), Pedro (60), Azar (65, pen, 72) – Ivobi (69).

Chelsi: Arrisabalaga, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 76), Jorjino, Pedro (Villian, 71), Kante, Azar (Zappakosta, 89), Jiru.
Arsenal: Chex, Kosyelni, Monreal (Ivobi, 67), Kolashinas, Papastatopulos, Torreyra, Meytlend-Naylz, Jaka, Ozil (Uillok, 77), Obameyang, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Pedro (56), Kristensen (68).

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid