Futbol

“Chelsi” penaltilar seriyasidagi gʻalaba evaziga liga kubogiga finaliga chiqdi

Angliya liga kubogining 1/2 finalidan oʻrin olgan ikkinchi javob uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Londonning ikki jamoasi “Chelsi” va “Tottenhem” jamoalari kuch sinashidi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Ngolo Kante hisobni ochgan boʻlsa, Eden Azar 11 daqiqa oʻtib farqni ikkitaga oshirgandi. Ikkinchi boʻlimda Fernando Lorentening mehmonlarning javob goliga mualliflik qildi va asosiy vaqtgacha boʻlgan soʻnggi hisobni oʻrnatdi.

Ikki jamoaning birinchi uchrashuvida “Tottenhem” 1:0 hisobida gʻalaba qozongandi. Yil boshida kubok tashkilotchilari mehmondagi gol qoidasini bekor qilgan, shuningdek, ekstra taymlar ham qoidalardan chiqarib tashlangandi. Natijada ikki oʻyinda 2:2 hisobi qayd qilingach, darhol penaltilar seriyasi amalga oshirildi va unda “Chelsi” 4:2 hisobida gʻalaba qozonib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Bu natija orqali “Chelsi” 8-marta Angliya liga kubogi finaliga yoʻllanma oldi. endilikda jamoa bu borada rekordchi boʻlgan “Arsenal” va “Tottenhem” bilan tenglashdi.

24 fevral kuni “Chelsi” “Uembli” stadionida boʻlib oʻtadigan final uchrashuvida “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushadi. “Siti” bir kun oldin boʻlib oʻtgan oʻyinda “Byorton”ni 1:0, ikki oʻyin natijasiga koʻra, 10:0 hisobida yengib, finalga chiqqandi.

Angliya liga kubogi
Yarim final
Javob uchrashuvlari

Chelsi – Tottenhem 2:1 (2:0, 0:1), penaltilar boʻyicha – 4:2
Gollar: Kante (27), Azar (38) – Lorente (50).
Chelsi: Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Emerson, David Luiz, Kante, Barkli (Kovachich, 81), Pedro (Villian, 76), Jorjino, Azar, Jiru.
Tottenhem: Gassaniga, Orye, Vertongen, Devis (Rouz, 33), Alderveyreld, Sissoko (Sanches, 80), Eriksen, Dayer, Uinks, Lamela, Lorente (Lukas Moura, 68).
Ogohlantirishlar: Jorjino (53), Kante (56), Aspilikueta (66), Sissoko (73).
Dastlabki uchrashuv — 0:1.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid