Futbol

Futbol boʻyicha 2023 yilgi Osiyo Kubogi mezboni maʼlum boʻldi

Parijda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi oʻtkazilmoqda.

Unda 2023 yilga rejalashtirilgan Osiyo Kubogi musobaqasi mezboni aniqlandi. OFK tanloviga koʻra, qitʼaning bosh turniri Xitoyda oʻtadigan boʻldi.

Qayd qilish joizki, Xitoy 2004 yilgi Osiyo Kubogiga ham mezbonlik qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilgi Osiyo Kubogiga BAA davlati mezbonlik qilgandi. Yanvar oyida oʻtkazilgan musobaqada Qatar terma jamoasi chempionlikni qoʻlga kiritgandi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid