Futbol

“Barselona” 75 mln yevroga yangi futbolchi sotib oldi

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Ayaks” yarimhimoyachisi Frenki de Yongni sotib olganini maʼlum qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd qilinishicha, jamoa 21 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan 2023/24 yilgi mavsum soʻngiga qadar shartnoma imzolagan.

Transfer summasi 75 million yevroni tashkil qilgan. Bundan tashqari “Ayaks” futbolchining yangi jamoasidagi oʻyinlariga qarab 11 million yevro miqdorida bonusga ham ega boʻlishi mumkin.

Niderlandiyalik futbolchi yaqin oylar davomida “Ayaks”dagi faoliyatini davom ettiradi. u “Barselona” safiga 2019 yilning 1 iyul kuni kelib qoʻshiladi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid