Futbol

YECHL. “Ayaks” ertagi davom etadi

Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalidan oʻrin olgan dastlabki uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Angliyaning “Tottenhem” klubi oʻz uyida Niderlandiyaning “Ayaks” klubini qabul qildi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Donni van de Bek tomonidan kiritilgan gol niderlandlarga navbatdagi gʻalabani keltirdi. Bu natija orqali “Ayaks” “Real” va “Bavariya” kabi YECHL pley-offida uchta mehmondagi uchrashuvni yutgan jamoaga aylandi.

Maʼlumot uchun, Yevropa chempionlar ligasi tarixida birinchi uchrashuvni uyda oʻtkazib, imkoniyatni boy bergan 17ta jamoa boʻlsa, faqatgina birgina holatda, 1995/96 yilgi mavsumda “Ayaks” mehmonda vaziyatni oʻnglab finalga chiqa olgandi. Qolgan 16 jamoa bu ishni uddalay olmagan.

Bugun yarim finalning ikkinchi uchrashuvida “Barselona” “Liverpul”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi.

Chempionlar ligasi, 1/2 final
Dastlabki uchrashuv

Tottenhem (Angliya) – Ayaks (Niderlandiya) 0:1 (0:1)
Gol: van de Bek (15).
Tottenhem: Loris, Alderveyreld, Sanches, Vertongen (Sissoko, 39), Vanyama, Trippyer (Foyt, 80), Rouz (Devis, 79), Eriksen, Alli, Lorente, Lukas Moura.
Ayaks: Onana, Veltman, de Ligt, Blind, Talyafiko, Shene (Mazraui, 65), de Yong, Ziyosh (Xuntelar, 87), van de Bek, Neres, Tadich.
Ogohlantirishlar: Talyafiko (30), Veltman (63).

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid