Futbol

YECHL. “Ayaks” yana bir sensatsion natija qayd etdi. “Barselona” “MYU”ni yirik hisobda yengdi

Yevropa chempionlar ligasining 1/4 finalidan oʻrin olgan javob uchrashuvlarining ikkitasi oʻz nihoyasiga yetdi. Turinda “Yuventus” “Ayaks”ni qabul qilgan boʻlsa, “Barsa” “MYU”ni “Kamp Nou”da sinovdan oʻtkazdi.

Turinda “Ayaks” ajoyib futbol namoyish etdi va yana bir sensatsiyaga sababchi boʻldi. “Real”ni musobaqadan chiqarib yuborgan jamoa bu safar Ronaldusi bor “Yuventus”ni mehmonda 2:1 hisobida yengib, 22 yillik tanaffusdan soʻng yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

“Barselona” esa “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Lionel Messining dubli va Filippe Koutino tomonidan kiritilgan gollar evaziga jamoa yirik hisobda gʻalaba qozonib, yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Ertaga chorak finalning qolgan ikki uchrashuvi ham oʻtkaziladi. “Manchester Siti” oʻz uyida “Tottenhem”ni qabul qilsa, “Liverpul”“Portu”ga safar qiladi.

Chempionlar ligasi
1/4 final
Javob uchrashuvlari

Barselona (Ispaniya) – Manchester Yunayted (Angliya) 3:0 (2:0)
Gollar: Messi (16, 20), Koutino (61).
Barselona: ter Stegen, Pike, Alba, SerJi Roberto (Nelson Semedu, 71), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 75), Koutino (Dembele, 81), Messi, Suares.
Manchester Yunayted: De Xea, Smolling, Yang, Jons, Lindelef, Lingard (Sanches, 80), Fred, Pogba, Maktomini, Marsyal (Diogu Dalot, 65), Reshford (Lukaku, 73).
Ogohlantirishlar: Suares (77).

Dastlabki uchrashuv – 1:0

Yuventus (Italiya) – Ayaks (Niderlandiya) 1:2 (1:1)
Gollar: Ronaldu (28) – van de Bek (34), de Ligt (67).
Yuventus: Shchensnы, Rugani, Aleks Sandro, De Shilo (Joau Kanselu, 64), Bonuchchi, Jan, Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Bentankur, 80), Ronaldu, Dibala (Kin, 46).
Ayaks: Onana, Blind, de Ligt, Veltman, Mazraui (Sinkgraven, 11; Magalyan, 82), van de Bek, Ziyesh (Xuntelar, 88), Tadich, Shene, Neres, de Yong.
Ogohlantirishlar: Jan (69), Ronaldu (90).
Dastlabki uchrashuv – 1:1

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid