Futbol

YECHL. “Liverpul” “super kambek”ni amalga oshirdi

Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalidan oʻrin olgan dastlabki javob uchrashuvida “Liverpul” “Barselona”ni qabul qildi.

Birinchi uchrashuvda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan “Barselona” bu safar kutilmaganda 4:0 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Divok Origi va Jorjino Veynaldum ikkitadan toʻp kiritib, 4:0 hisobini taʼminladi va “Liverpul” ketma-ket ikkinchi mavsum chempionlar ligasi finaliga yoʻllanma oldi. “Barselona” esa ketma-ket ikkinchi mavsum uchta toʻp farqi bilan gʻalaba qozonib, javob uchrashuvdagi muvaffaqiyatsiz oʻyin sabab yirik hisobda yutqazdi va musobaqani tark etdi.

Chempionlar ligasi
1/2 final
Javob uchrashuvi

Liverpul (Angliya) – Barselona (Ispaniya) 4:0 (1:0)
Gollar: Origi (7, 79), Veynaldum (54, 56).
Liverpul: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson (Veynaldum, 46), Milner, Xenderson, Fabino, Shakiri (Starrij, 90), Origi (Gomes, 85), Mane.
Barselona: ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Langle, Alba, Vidal (Artur, 75), Buskets, Rakitich (Malkom, 80), Koutino (Nelson Semedu, 60), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Fabino (11), Buskets (45), Rakitich (53), Matip (66), Nelson Semedu (75).

Birinchi uchrashuv — 0:3.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid