Futbol

YECHL. “MYU” oʻz uyida yutqazdi, “Roma” gʻalaba qozondi

Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finalidan oʻrin olgan dastlabki ikki uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Anglyaining “Manchester Yunayted” klubi “PSJ”ni qabul qilgan boʻlsa, “Roma” “Portu” bilan kuch sinashdi.

Manchesterda kechgan uchrashuv taqdirini ikkinchi boʻlimda kiritilgan gollar hal qildi. 53 daqiqada Kimpembe, 60 daqiqada Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan gollar parijliklarga javob uchrashuvi oldidan yaxshi imkoniyatni taqdim etdi.

Rimda “Roma” “Portu”ni qabul qilib, ikkinchi boʻlimda ikkita gol kiritib, hisobda oldinga chiqib olgandi, biroq 79 daqiqada Adrian tomonidan kiritilgan gol “Portu”ning oʻz uyida boʻlib oʻtadigan javob uchrashuvlaridagi imkoniyatini oshirdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
1/8 final
Dastlabki uchrashuvlar

“Manchester Yunayted” – PSJ 0:2 (0:0)
Gollar: Kimpembe (53), Mbappe (60).

Manchester Yunayted: De Xea, Bayi, Shou, Yang, Lindelef, Lingard (Sanches, 45), Matich, Pogba, Errera, Marsial (Mata, 46), Reshford (Lukaku, 84).
PSJ: Buffon, Kerer, Tiago Silva, Kimpembe, Markinyos, Draksler, Verratti (Paredes, 75), Dani Alves, Di Mariya (Dagba, 81), Bernat, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Kimpembe (11), Draksler (19), Pogba (26), Yang (30), Bernat (34), Lindelef (50), Dani Alves (62), Errera (87), Shou (90).
Chetlatish: Pogba (89).

“Roma” – “Portu” 2:1 (0:0)
Gollar: Zaniolo (70, 76) – Adrian (79).

Roma: Mirante, Manolas, Kolarov, Florensi, Fasio, Kristante, de Rossi, Zaniolo (Santon, 87), Pellegrini (Nzonzi, 83), El-Shaaravi (Klyuyvert, 90), Djeko.
Portu: Kasilyas, Felipe, Telles, Eder Militao, Pepe, Otavio (Ernani, 84), Danilu Pereyra, Fernando (Andre Pereyra, 76), Errera, Braimi (Adrian, 68), Soares.

Ogohlantirishlar: Errera (74), El-Shaaravi (88).

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid