Futbol

Ektor Kuper MOQ rahbarining terma jamoani yoshartirish haqidagi fikriga: “Sizlar oʻzi nimani xohlaysizlar?”

Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida “China Cup-2019” xalqaro musobaqasi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida terma jamoani yoshartirish borasida savolga javob bera turib, Milliy olimpiya qoʻmitasi rasmiy saytida eʼlon qilingan tashkilot rahbarining fikrlariga munosabat bildirib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, Umid Ahmadjonov Osiyo kubogidan soʻng boʻlajak musobaqalarda asosiy eʼtiborni endi yoshlarga qaratish zarurligini taʼkidlab, “endi terma jamoani yoshartirish vaqti keldi. Oldimizda jahon chempionati saralashi turibdi. Mazkur musobaqaga yoshartirilgan tarkib bilan yoʻl olamiz”, deya gapirib oʻtgandi.

“Menga shartnoma taklif qilingan paytda qanday shartlar yozilganini bilasizmi? Biz Jahon chempionatiga chiqishimiz kerak, Osiyo Kubogida chempion boʻlishimiz kerak. Bizga jamoani yoshartirish kerak degan gap yoʻq edi.

– Hozir yoshartirish talabi qoʻyilmagan deb aytyapsiz. Lekin, yaqinda MOQ prezidenti va OʻFA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning jamoani yoshartirish kerakligi haqida fikr bildirdi. Bunga qanday munosabat bildirasiz? Umuman rahbariyatning murabbiy ishiga aralashishiga munosabatingiz qanday?

– Sizlar oʻzi nima xohlaysizlar? Jahon chempionatiga chiqishnimi? Tarkibni yoshartirishnimi? Yoki har bir oʻyinda 3tadan gol urib, 70 foiz toʻp bilan muomala qilishimiznimi? Toʻgʻri sizlarni tushunib turibman. Lekin meni oldimga qoʻyilgan vazifada yuqorida aytilgan talablar bor. Boshqasi yoʻq.

—Lekin rahbariyat shunday fikrda. Agar ular sizga aloqaga chiqib jamoani yoshartirish kerak deb aytsa, qanday yoʻl tutasiz?

— Menga hozircha rahbariyat bunday gap aytgani yoʻq, deya Kuperning soʻzlarini keltirmoqda GoSport manbasi.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid