Futbol

Fransiyalik yosh futbolchi oʻyin vaqtida vafot etdi

Fransiyaning “Reyms” klubi oʻsmirlar jamoasi yarimhimoyachisi Muhammad Savan 13 fevral kuni hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, mazkur hodisa futbol uchrashuvi paytida sodir boʻlgan. 15 yoshli futbolchi doʻstlari bilan oʻynayotganda oʻzini yomon his qilgan va maydonga yiqilgan. Savanning yuragi toʻxtab qolgan, voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar oʻsmir hayotini saqlab qola olishmagan.

“Klub sodir boʻlgan voqeadan shokda. Savan oilasiga hamdardlik bildiramiz” – deyiladi “Reyms” “tvitteri”da berilgan xabarda.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid