Futbol

Ignatiy Nesterovga berilgan jazo aniq boʻldi

OFK Oʻzbekiston milliy jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovni 8 oyga futboldan chetlatgan. Bu haqda GoSport.uz Alisher Nikimbayev bergan maʼlumotga tayanib xabar berdi.

Nikimbayevning maʼlum qilishicha, Nesterovni 16 oyga chetlatishlari ham mumkin boʻlgan. Ammo OFK uning jazo muddatini qisqartirgan.

Diskvalifikatsiya muddati 13 fevraldan boshlab hisoblanadi va darvozabon 13 oktyabrdan boshlab oʻyinlarda qatnashishi, 13 avgustdan esa biror klub bilan shartnoma imzolab, mashgʻulotlarni boshlashi mumkin. Nesterov Osiyo kubogidan soʻng Saudiyaning “Uhud” jamoasidan taklif olgan va faoliyatini aynan shu jamoa safida davom ettirayotgandi.

“Uhud” safida oʻynayotgan vaqtda Nesterovning qonida doping aniqlangani bois u futboldan chetlatilgandi. Darvozabon vazn tushirish uchun qoʻllaniladigan taqiqlangan vositani Osiyo Kubogi vaqtida qabul qilgani aniqlangan.

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid