Futbol

“Liverpul” — chempionlar ligasi gʻolibi!

Yevropa chempionlar ligasining final uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Madriddagi “Vanda metropolitano” stadionida kechgan uchrashuvda ikki ingliz jamoasi kurash olib borishdi.

Uchrashuvning birinchi daqiqasidayoq “Tottenhem” darvozasiga penalti belgilandi. Sissoko qoʻli bilan oʻynagani uchun belgilangan penaltini Muhammad Saloh aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

Oʻyinning soʻngiga qadar bu hisob oʻzgarmay turdi. Faqatgina 87-daqiqada Divok Origi ikkinchi golni kiritib, oʻyinga yakuniy nuqtani qoʻydi. Natijada “Liverpul” 2018/19 yilgi mavsum bosh sovrinini qoʻlga kiritdi.

Bu jamoaning oltinchi xuddi shunday sovrini boʻldi. Soʻnggi marta jamoa 2005 yilda bosh sovrinni qoʻlga kiritgandi. Shuningdek, bu “Liverpul”ning soʻnggi 7 yildagi ilk sovrini boʻldi. Jamoa Klopp bilan 4 yil davomida birinchi marta trofey yutishga muvaffaq boʻldi.

Yevropa chempionlar ligasi
Final

Tottenhem (Angliya) – Liverpul (Angliya) 0:2 (0:1)

Gollar: Saloh (2, penalti), Origi (87).

Tottenhem: Loris, Trippyer, Alderveyreld, Vertongen, Rouz, Sissoko (Dayer, 74), Uinks (Lukas Moura, 66), Eriksen, Alli (Lorente, 82), Son Hyon Min, Keyn.

Liverpul: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Henderson, Fabino, Veynaldum (Milner, 62), Salax, Firmino (Origi, 58), Mane (Gomes, 90).

Dolzarb xabarlar

Mavzuga oid